03:23 / 12.05.2020
2 645

Habib Nurmagomedov UFC 249 da nokautga uchragan Fergyusonga: Toni, boshingni baland ko‘tar!

Habib Nurmagomedov UFC 249 da nokautga uchragan Fergyusonga: Toni, boshingni baland ko‘tar!
UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov UFC 249 musobaqasida Jastin Getjiga mag‘lub bo‘lgan Toni Fergyusonni qo‘llab-quvvatladi.

Skrinshot: Twitter

«Nima bo‘lgan bo‘lsa, hammasi o‘tmishda qoldi. Toni, boshingni baland ko‘tar. Sen va oilang bilan hammasi yaxshi bo‘ladi deb umid qilaman. O‘g‘ling ham katta bo‘lsa, albatta, sen bilan faxrlanadi», — deya yozgan Habib Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, UFC 249 musobaqasida aslida Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovga qarshi jang qilishi lozim edi. Biroq ular o‘rtasidagi jang koronavirus pandemiyasi sabab bekor qilindi. Bu ular o‘rtasidagi jangning beshinchi bor bekor qilinishi bo‘ldi.

Toni Fergyuson 2012 yildan beri ilk bor mag‘lubiyatga uchratdi. U UFC’da 12 ta g‘alabani qayd etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov UFC 249 da nokautga uchragan Fergyusonga: Toni, boshingni baland ko‘tar!