U “Yuventus”ga ko‘p gol urgan


Turin klubining tajribali himoyachisi Jorjo Kyellini Mauro Ikardi haqida iliq fikrlarni bildirdi.
- Men Ikardini hurmat qilaman. Aytmoqchimanki, o‘yini yoqadi. Lekin u “Yuventus”ga ko‘p gol urgan. Bunisi alam qiladi. U yaxshi yigitligini bilaman. “Inter”da nimadir bo‘lgan. Unga o‘xshagan to‘purarni “Inter” olib qolishi kerak. “Yuventus” vakili sifatida uning Italiyada o‘ynamasligi bizning omadimiz ekanini ayta olaman. Ikardi Lukaku va Lautaro Martines bilan birga hujum qilsa nimalar bo‘lishini tasavvur qiling, - dedi Kyellini.
Ikardi ayni damda ijara asosida PSJ sharafini himoya qilmoqda. Va kelasi mavsum qayerda to‘p surishi mavhumligicha qolmoqda.































Izohlar 0
…