Xabaringiz bor, hindistonlik mashhur bokschi Amit Pangal bilan saytimiz uchun maxsus intervyu uyushtirgan edik. Mazkur suhbat chog‘ida hind sportchisi o‘z vaqtida ringdagi prinsipial raqibi bo‘lgan, hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatovni juda hurmat qilishini hamda o‘z to‘yiga taklif etishini aytib o‘tgandi. O‘z o‘rnida ushbu taklifni bokschimizning shaxsan o‘ziga yetkazishimizni ham iltimos qilgandi. Biz mazkur “omonat”ni o‘z egasiga yetkazish barobarida Hasanboyning ushbu taklifga bo‘lgan munosabati bilan ham qiziqdik.
- To‘g‘risi, intervyuni ham o‘qib chiqdim. Amitning bunday e’tiboridan juda xursand bo‘ldim. Instagram sahifamga ham yozgan ekan. O‘z o‘rnida men ham uni juda hurmat qilaman. Ajoyib inson va kuchli bokschi. Bir-ikki bor suhbatlashganmizning o‘zidayoq uning quvnoq samimiy inson ekanligini anglaganman. Yuksak ehtirom ko‘rsatib, taklif qilgan ekan, borishga harakat qilaman. Hozircha to‘yining qachon bo‘lishi noma’lum shekilli... Agar, karantindan so‘ng, jangimga yaqin sanada bo‘lmasa, albatta, boraman!, - deydi Hasanboy Do‘smatov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas