Butun dunyo ommaviy axborot vositalarida taniqli jurnalist Petro Balsano Protning klub va futbolchiga yaqin bir necha manbalardan olgan Krishtianu Ronalduning mavsum yakunida “Yuventus”dan ketishi haqidagi axboroti aylanmoqda.
Garchi hali futbolchining bu qarorga kelganiga aniq sabab rasmiy tarzda e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, dastlabki versiyalar paydo bo‘lib ulgurdi.
Unga ko‘ra, futbolchi koronavirus pandemiyasi davrida anchagina vaqtini tug‘ilib o‘sgan joyida, oilasi va yaqinlari qurshovida, sevgilisi Jorjina va farzandlari bilan o‘tkazgan. Krishtianu bu muddat ichida oila a’zolari, yaqinlariga ko‘nikib qolgan va endi ulardan uzoqlashishni istamayapti.
Aynan mana shu omil futbolchining Turindagi faoliyati to‘g‘risida bir qarorga kelishga majbur qilayotgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Bu mavzuni kuzatishda davom etamiz va albatta vaqt o‘tishi bilan masalaga to‘liq oydinlik kiritiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi