O‘zbekiston chempionati 5 iyundan davom ettiriladi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati 5 iyundan davom ettiriladi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi qarorida ma’lum qilingan.
«Futbol bo‘yicha xalqaro va ichki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish hamda ularda qatnashish maqsadida professional futbol klublariga o‘z o‘quv mashg‘ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda boshlashga hamda 2020 yil 5 iyundan boshlab O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlarini tomoshabinlar ishtirokisiz davom ettirishga ruxsat berildi», deyilgan komissiya qarorida.
Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati tasdiqlangach, sport musobaqalari ham to‘xtatilgandi. Superliga bahslari endi 4-turdan davom etadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Futbol bo‘yicha xalqaro va ichki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish hamda ularda qatnashish maqsadida professional futbol klublariga o‘z o‘quv mashg‘ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda boshlashga hamda 2020 yil 5 iyundan boshlab O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlarini tomoshabinlar ishtirokisiz davom ettirishga ruxsat berildi», deyilgan komissiya qarorida.
Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati tasdiqlangach, sport musobaqalari ham to‘xtatilgandi. Superliga bahslari endi 4-turdan davom etadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…