
Rossiya Milliy futbol ligasi g‘olibi sifatida Premer-ligaga yo‘llanma olgan “Rotor” klubi moliyaviy muammolar tufayli yuqori divizionga o‘tmasligini ma’lum qilgan edi.
Oradan ozgina vaqt o‘tib, volgogradliklar muammo yechimini topdi. “Rotor” klubi bosh direktori Andrey Rekechinskiy jamoa Rossiya Premer-ligasida to‘p surishini tasdiqladi.
- “Rotor” yangi yuridik shaxs sifatida litsenziyalash jarayonini yakunlamoqda. Biz hukumat va homiylar ko‘magiga tayanamiz. Jamoa Premer-ligada o‘ynaydi, - dedi Andrey Rekechinskiy.
Ushbu jamoada O‘zbekiston terma jamoasida 72 ta uchrashuv o‘tkazgan Vitaliy Denisov to‘p suradi. Shuningdek, mashhur hujumchimiz Maksim Shatskix ham “Rotor”da katta murabbiy lavozimida ishlamoqda.

Rossiya MilliyRotor KlubiPremer LigasiAndrey RekechinskiyO‘zbekiston TermaVitaliy Denisov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar