
Avval xabar berganimizdek, kecha Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov «Navbahar» qarorgohida jamoa futbolchilari bilan uchrashib, mavsum restarti avvalida ular bilan uchrashdi.
E’tiborlisi, viloyat hokimi “lochinlar”ning rossiyalik legioneri Igor Golbanning O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilganini e’lon qildi va uni tabrikladi.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Golban futbolchilik faoliyatini «Sochi-04» klubida boshlagan. Keyinroq esa Moskvaning «Lokomotiv»ga ko‘chib o‘tgan va “temiryo‘lchilar”ning yoshlar jamoasida to‘p surgan. O‘zbekistondagi dastlabki mavsumini 2015 yili «Qo‘qon-1912»da boshlagan himoyachi 2016 yilda «Navbahor»ga o‘tdi. Igor 2016 yil iyul oyida Qarshining «Nasaf»iga o‘tadi va 2018 yilga qadar u yerda harakat qilib, shundan so‘ng yana namanganliklar safiga qaytib keldi.
Golban o‘z vaqtida Rossiya U-19 va U-21 terma jamoalarida o‘ynagan. Ammo, bosh jamoada o‘ynamagani bois, u FIFA qoidalariga bemalol O‘zbekiston terma jamoasida harakat qilishi mumkin.
Avvalroq Vadim Abramov futbolchining O‘zbekiston fuqaroligini olishini xohlayotgani va u terma jamoaga yordam berishi mumkinligi haqida gapirgandi.
Namangan ViloyatiO‘zbekiston FuqaroligiIgor GolbanNavbahar QarorgohiU-19 TermaU-21 Terma O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar