07:30 / 15.06.2020
2 327

Alisher Nikimbayev: "Ermatov O‘FAga kelganiga bir yil bo‘ldi, afsuski haligacha o‘z jamoasini shakllantira olmadi"

Alisher Nikimbayev: "Ermatov O‘FAga kelganiga bir yil bo‘ldi, afsuski haligacha o‘z jamoasini shakllantira olmadi"
2019 yil 14 iyun kuni O‘FA rahbariyatida o‘zgarish sodir bo‘lgan edi.
O‘FA Ijroqo‘m yig‘ilishida Ravshan Ermatov O‘FA Birinchi vitse prezidenti etib saylangandi.

"Bugun Ravshan Ermatov O‘FA Birinchi vitse-prezidenti etib tayinlanganiga bir yil bo‘ldi. Hakamik faoliyatini yakunlaganiga ham bir yil bo‘ldi desak bo‘ladi. Yorqin, voqealarga to‘la o‘tgan faoliyat bunday yakunlanishi kerak emasdi.

Biroq bir yil oldin Ermatov bu qadamni qo‘ydi, chunki "Vatan buyurdi". U jamoatchilik uchun shaxsiy faoliyatini qurbon qildi. Ko‘pchiligimiz bunday qaror qabul qila olmaymiz. Ravshan Ermatov bunga qodir ekan.

Albatta bularning barchasi oddiy joyda bo‘lgani yo‘q. O‘FAda o‘sha paytda "kuchli bo‘ron" bo‘layotgandi. Bu "bo‘ron" 2019 yilda emas, 2017 yilda ham emas undan oldinroq boshlangandi. Vaziyatni faqat keskin va nostandart qaror qutqarishi mumkin edi. Hamda hokimiyat idoralaridagi qaysidir kabinetda dunyoning eng yaxshi hakami obro‘si bu najot degan qarorga kelishgandi.

Ammo Ermatovning futbol maydonidan darhol Birinchi vitse-prezident kursisiga o‘tishi natija berishi qiyin edi. Futbolni rivojlantirish hech qachon, hatto eng iste’dodli odamning yutug‘i bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham. Ermatovga jamoa kerak edi, afsuski hozirga qadar u oxirigacha bu jamoani shakllantira olmadi. Yil davomida kadrlar borasida bir nechta xatoga yo‘l qo‘yildi.

Ammo Ermatovni bu xatolar uchun keskin ayblab bo‘lmaydi. Uning kabinetda ishlash tajribasi yo‘q edi. Ammo shunga qaramay Ermatov o‘z jamoasiga O‘FAga munosib bo‘lgan o‘z jamoasini olib kela oldi. Bir yarim yil avval oldingi rahbariyat ideologlari PFL va O‘FA tashqarisida hech qanday mutaxassis yo‘q deb aytishgandi. Ermatov bunday emasligini va yurtimiz futbolida mutaxassislar yetarli ekanini ko‘rsatdi.

Ortda qolgan 366 kun davomida Ermatov hamma ishni qila olmadi albatta. PFLda hech qanday islohot yo‘q, u yerda birgina direktorni o‘zgartirish bilan muammoni hal qilib bo‘lmaydi. Bu tashkilot o‘zgarishlarga muhtoj. Ammo u yerda boshqalarning logotiplarini o‘g‘rilaydigan, FIFA talablariga zid bo‘lgan reglamentlarni yozadigan kollektiv tufayli islohot o‘tkazib bo‘lmayapti.

Ammo Ermatov viloyat futbol Federatsiyalari muammolariga e’tibor qaratishga, xalqaro tashkilotlarda O‘FAga nisbatan hurmatni qaytarishga, terma jamoalar boshqaruv tizimini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Bir yil ichida barcha muammolarni hal qilib bo‘lmaydi. Nimadir o‘xshadi, nimadir hatto yomonlashdi. Nima noto‘g‘ri qilinganini tushunish va oldinga intilishda davom etish kerak", - deb yozadi Alisher Nikimbayev telegramdagi o‘z kanalida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alisher Nikimbayev: "Ermatov O‘FAga kelganiga bir yil bo‘ldi, afsuski haligacha o‘z jamoasini shakllantira olmadi"