19:20 / 16.06.2020
1 851

Bilasizmi? "Lokomotiv" 2017 yildan buyon ilk bor o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi

Bilasizmi? "Lokomotiv" 2017 yildan buyon ilk bor o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi
13-15 iyun kunlari Coca Cola Superligasida 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor. “Metallurg” o‘z tarixida birinchi bor “Lokomotiv”ni safarda mag‘lubiyatga uchratdi. Hisob esa yirik ko‘rinish oldi. E’tiboringizga, “Lokomotiv” – “Metallurg” uchrashuviga oid ba’zi ma’lumotlarni havola etamiz.

Bekobodliklar yarim himoyachisi Doniyor Narzullayev "Lokomotiv" bilan uchrashuvda barcha uchala golda assistent sifatida faolligi bilan ajralib turdi.

"Lokomotiv" klubi o‘z maydonida so‘nggi bor 2017 yilgi mavsumda mag‘lub bo‘lgan edi. 2018 va 2019 yilgi chempionatlarda "temiryo‘lchilar" o‘z stadionlarida hech kimga yutqazishmagandi. "Metallurg" "Lokomotiv"ning o‘z maydonidagi 35 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi.

"Metallurg" futbolchisi Abror Toshqo‘ziyev "Lokomotiv" bilan o‘yinda zaxiradan maydonga tushganidan 42 soniya o‘tgach gol urishga erishdi.
E’tiborlisi Andrey Shipilov maydonga tushirgan yana bir futbolchi Shahzod Ubaydullayev ham "temiryo‘lchilar" darvozasiga to‘p kiritdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bilasizmi? "Lokomotiv" 2017 yildan buyon ilk bor o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi