
Foto: Twitter
Boks bo‘yicha olti vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Oskar de la Hoya ringga qaytish istagi borligini ma’lum qildi.
«Birinchi navbatda Mayk Tayson nima qilishini kuzataman. Shug‘ullanyapman va formamni saqlab turibman. 12 raund jang qiladigan formada emasligim aniq. Biroq o‘sha darajaga chiqishga harakat qilaman. Ko‘ramiz.
Taysonni amalda ko‘rmoqchiman — refleksni kuzataman, 3-4 raundga turib bera oladimi yoki yo‘q, shuni ham bilmoqchiman. Uning harakatlariga baho bergan holda o‘z qarorimni chiqaraman.
Men haqiqatda bu haqida o‘ylayapman. Kim bilan jang qilishim ahamiyatsiz. Birorta o‘z vazn toifasining eng yaxshisi bilan ringga ko‘tarilaman. Bu o‘rta vazn, birinchi o‘rta vazn, yarim o‘rta vazn bo‘lishi mumkin. Mana shu divizionlardagi istalgan top-bokschi bilan jang qilishga tayyorman, bu katta ahamiyat kasb etmaydi», — deydi de la Hoya.
47 yoshli amerikalik professional boksda 45 ta jang o‘tkazib, ularning 39 tasida g‘alaba qozongan (30 nokaut) va olti marta mag‘lub bo‘lgan.
Manba: Daryo.uz
Oskar De La HoyaBoks JanglariRingga QaytishMayk TaysonProfessional BoksG‘alaba Qozonish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar