21:37 / 25.06.2020
2 102

Baxtiyor Ashurmatov "Surxon"ga qarshi o‘yin, Muzaffarovning yo‘qligi va keyingi o‘yin haqida gapirdi

Baxtiyor Ashurmatov "Surxon"ga qarshi o‘yin, Muzaffarovning yo‘qligi va keyingi o‘yin haqida gapirdi
"Qo‘qon-1912" jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov "Surxon"ga qarshi o‘yindan so‘ng (3:0) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Uchrashuv haqida

Bugungi o‘yin oldidan murabbiy sifatida biroz his-hayajon bor edi. Chunki, "Surxon" safida malakali futbolchilar yetarli. Salomov, Kasyan, Stanoyevich, G‘ofurov kabi kuchli futbolchilar shular jumlasidandir. Shu sababli ham o‘yin oldidan xavotir bor edi.

Lekin yigitlar o‘z o‘yinlari bilan potensialimiz yuqori ekanligini ko‘rsatishdi. Ushbu g‘alaba uchun yigitlardan minnatdorman, ular bilan faxrlanaman. Uyda o‘ynaganimiz uchun bosim uyushtirishimiz kerak edi, imkoniyatlarimiz yaxshi ekanligini futbolchilarimiz ko‘rsatib berishdi, o‘ylaymanki kelasi bahslarda ham shunday o‘yinni saqlab qolamiz.

Birinchi va ikkinchi bo‘limdagi farq?
Birinchi bo‘limlarda jamoamiz tartibli o‘yin namoyish etmoqda. Gol kiritganimizdan so‘ng raqib tomonda ham bo‘sh zonalar paydo bo‘lmoqda va shu sabab qarshi hujumda ham o‘ynayapmiz. Buning ortidan yana golli vaziyatlarga harakat qilyapmiz. Shu sababli golgacha yigitlarda ham bosim bo‘lib turibdi. Shuning uchun o‘yinimizni ikki qismga - golgacha va goldan keyin deb ajratsak bo‘ladi.
O‘ylaymanki, bugun g‘alabaga haqliroq bo‘ldik. Ushbu o‘yindan muxlislar ham xursand bo‘lishdi.

Muzaffar Muzaffarrov haqida
Muzaffar bugun o‘yin qaydnomasiga kiritildi. Agar zaruriyat tug‘ilganida uni 30 daqiqagacha o‘yinga qo‘yishimiz ham mumkin edi. Hisob 2:0 ko‘rinishida bizning foydamizga ko‘rinish olgani uchun boshqa yigitlarga imkon berdik. O‘ylaymanki, u kelasi o‘yinlrga 100 foiz tayyor bo‘ladi.

Keyingi turda "Mash’al" bilan o‘yin haqida
Albatta biz har bir uchrashuv oldidan raqib o‘yinni jamoa bilan, murabbiylar shtabi bilan birga o‘rganamiz, tahlil qilamiz. Shunga qarab o‘yin taktikasini tanlaymiz, tayyorgarlik ko‘ramiz. Bugungi g‘alabada ham murabbiylar shtabimizdagi Zohid Nurmatov va Davron Fayziyev, shuningdek boshqa mutaxassislarimizning yordami katta bo‘ldi. Ularga minnatdorchilik bildiraman. Qolaversa, rahbariyat ham bizga imkoniyat yaratib bermoqda, buning uchun rahmat aytaman. Biz bunga javoban rahbariyat va muxlislarning ishonchini oqlashimiz lozim.

Endi safardagi o‘yinlarda bundan kuchliroq o‘yin ko‘rsatsak, natijamiz yanada yaxshilanishi mumkin.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Baxtiyor Ashurmatov "Surxon"ga qarshi o‘yin, Muzaffarovning yo‘qligi va keyingi o‘yin haqida gapirdi