
"Qizilqum" - "Paxtakor" (0:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirdi.
- Navoiyda o‘ynash hamisha yoqimli. Maydon va yoritish tizimi yaxshi holatda bo‘ladi. Bu safar esa maydonning yarmidan ko‘proq qismi o‘rilmasdan qoldirilibdi. Shuningdek, maydon o‘yindan avval sug‘orilmagani tez o‘ynashga xalal berdi. Biz yaxshi o‘ynadik deb hisoblayman. Ko‘plab hujumlar uyushtirdik, vaziyatlar yaratdik va gollar urdik. Mezbonlar himoyada jips harakat qilishga intilishdi.
Komilov va Sidiqov uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng safga qaytishdi. Ular tobora yaxshiroq holatga kirib olishlariga umid qilaman. Abdullayev ham bugun zaxirada o‘tirdi. Ular bizni yanada kuchaytirishadi.
Manba: championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar