09:45 / 27.06.2020
1 648

Karantin «Nasaf»ga qattiq ta’sir qildi...mi?

Karantin «Nasaf»ga qattiq ta’sir qildi...mi?
Superliganing 6-turida “Nasaf” futbolchilari o‘z maydonlarida autsayder “Buxoro” qarshiligini sindira olishmadi -0:0.
Bu bilan Berdiyev jamoasi joriy mavsumda qatorasiga uchinchi uchrashuvda raqiblarini mag‘lub etishning uddasidan chiqa olmayapti. O‘z uyida “Navbahor” va “Buxoro”, safarda “Mash’al” bilan nursiz durang qayd etildi. Natijada Superliganing dastlabki uch turida 100 foizlik natija qayd etgan qarshilik futbolchilar karantindan so‘ng o‘tkazilgan uchta uchrashuvda 9 imkoniyadan atigi 3 ochko (!) to‘plab, turnir jadvalida bir necha pog‘ona pastga sho‘ng‘ishga majbur bo‘lishdi...

Ammo oldinda qarshiliklarni yanada qiyin bellashuvlar kutib turibdiki, bu o‘yinlarda Berdiyev shogirdlariga oson bo‘lmasligi aniq. Keyingi uch uchrashuvni ikkitasini qarshiliklar safarda AGMK va “Qo‘qon-1912” jamoalariga qarshi o‘tkazishadi. Bu jamoalarning o‘z maydonida qanday harakat qilishini oxirgi ikki tur uchrashuvlarida kuzatdik. Yana bir bellashuvda Qarshida “Metallurg”ga qarshi kechadi. “Metallurg” esa so‘nggi ikki turni safarda o‘tkazishiga qaramay, (“Lokomotiv” va “Andijon”) har ikkala raqibini mag‘lub etishning uddasidan chiqdi.

Bir so‘z bilan aytganda, oldinda “Nasaf”ni bir-biridan qiyin bellashuvlar kutib turibdi. Jamoa murabbiylar shtabi o‘tgan uch turdan xulosa qilib, kamchiliklar ustida ishlab, chiroyli natijalar bilan muxlislarni xursand etishlari talab etiladi. Aks holda...

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karantin «Nasaf»ga qattiq ta’sir qildi...mi?