
Sports.uz sayti manbalarining xabar berishicha, Rio Olimpiadasi kumush medal sohibi, professional boksning super o‘rta vaznida (76kg) o‘z faoliyatini davom ettirayotgan bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziyev ( 5-0, 4KO) navbatdagi jangiga hozirlik ko‘rish maqsadida, 28 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketadi. Meliqo‘ziyev WBA Continental Americas kamari sohibi bo‘lib, WBA reytingida 14-o‘rinda bormoqda. U o‘zining oxirgi jangini 14 fevral kuni meksikalik Oskar Kortesga(27-0, 14KO) qarshi o‘tkazib, raqibini 1-raundda nokautga uchratgan edi.
Hozirda Meliqo‘ziyev Rossiyaning "Mir Boksa" hamda Amerikaning "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘z janglarini o‘tkazib kelmoqda. Uning navbatdagi jang sanasi va raqibi tez orada ma’lum bo‘ladi.
Bektemir Meliqo‘ziyevRio OlimpiadasiSuper O‘rta VaznAmerika Qo‘shma ShtatlariWBA ReytingiMir Boksa O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar