
Poytaxtimizdagi Yoshlar press klubida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni topshirildi, deya ma’lum qilmoqda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati.
Tadbirda ishtirok etganlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimiz yoshlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani, ular o‘z iqtidori va salohiyatini namoyon qilishlari, yuksak ilmi, fidoyiligi bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlari uchun barcha sharoit mavjudligini alohida ta’kidladi.
Marosimda ilm-fan, madaniyat, san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jurnalistika, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes, huquq va harbiy sohalarda o‘qiyotgan, ishlayotgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, yuksak natijalarga erishayotgan vakillari qatori 3 nafar sportchilarimiz ham “O‘zbekiston belgisi” bilan taqdirlanishdi.
Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov ham mudofaa va huquqni muhofaza qilish yo‘nalishida "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.
Mazkur ko‘krak nishoniga yana bir necha sportchimiz, jumladan Javohir Sindarov (shaxmat), Klara Darmenbayeva (gimnastika) va Asila Mirzayorova (Paralimpiya) ham sazovor bo‘ldi.
Manba: Olympic.uz
O‘zbekiston BelgisiHasanboy Do‘smatovYoshlar IttifoqiPoytaxt TadbiriSportchilar MukofotiVatan Taraqqiyoti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar