23:50 / 06.07.2020
2 196

Ro‘ziqul Berdiyev: "Agar bizda ruhiyat bilan bog‘liq muammo bo‘lganida bugun oxirigacha kurasha olmagan bo‘lardik"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Agar bizda ruhiyat bilan bog‘liq muammo bo‘lganida bugun oxirigacha kurasha olmagan bo‘lardik"
Coca Cola Superligasining 8-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘ylaymanki, futbolchilarimiz barchani xursand qila oldi. Chunki, oxirgi o‘yinlarda natija qoniqarsiz ko‘rinish olayotgandi. O‘yinga keladigan bo‘lsak, biz nazorat qila oldik va shijoat bilan harakat qildik. "Metallurg" jamoasiga kam imkoniyat berdik. Ular ko‘proq qarshi hujumda o‘ynashga harakat qilishdi. Himoyachilarimiz raqib hujumlarini bartaraf etishni uddasidan chiqishdi. Zahiradan maydonga tushgan yosh futbolchilarimiz o‘yinni kuchaytirishdi. Bu qaysidir ma’noda g‘alabada bosh omil bo‘ldi.

Dilaver Xaris? Ko‘rgan bo‘lsangiz, avvalgi o‘yinda to‘liq imkoniyat berdik. Hujumchini vazifasi gol urish yoki golli vaziyat yaratish. Shuni hisobga olgan holda bugun boshqa futbolchilarga ishonch bildirdik. Xaris oldin chetda o‘ynamagan, shu bois kirishib ketishi qiyin kechmoqda. Markoda esa bu jarayon yaxshi kechyapti.

Albatta, "Metallurg" biz uchun noqulay raqib. Lekin, tan olish kerak bekobodliklar tajribali jamoa. Tarkibiga nazar soladigan bo‘lsak ismi va familiyasidan ham bilsa bo‘ladi. Jamoada murabbiyning imzosi ko‘rinib turibdi. Yuqori o‘rinlar uchun kurashishga imkoniyati bor jamoa. Shunga qaramay bugungi o‘yin to‘liq ustunligimizda o‘tdi. Ular qarshi hujumda ham deyarli imkoniyat yarata olmadi. O‘zingiz ko‘rayotgan bo‘lsangiz bizga qarshi ko‘p jamoalar himoyaviy uslubni tanlamoqda.

Doniyor Narzullayev "Metallurg"da o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. G‘alabaga erishgan o‘yinlarida g‘alabalarga munosib hissa qo‘shmoqda. Gollarga assistentlik qilmoqda.

Albatta, har bir uchrashuvlarda ruhiy jihatdan bosim bilan o‘ynamayapmiz. Buni o‘zingiz ham ko‘rdingiz. O‘tgan o‘yinlarni esdan chiqarishga harakat qilyapmiz. Agarda bizda ruhiyat bilan bog‘liq muammo bo‘lganida bugun oxirigacha kurasha olmagan bo‘lardik, tajribali jamoani yengish oson bo‘lmasdi", - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Agar bizda ruhiyat bilan bog‘liq muammo bo‘lganida bugun oxirigacha kurasha olmagan bo‘lardik"