
"Paxtakor" - "Mash’al" (3:0) o‘rtasidagi bahsdan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar katta murabbiyi Dilyaver Vaniyev qatnashdi.
"Avvalo, hammaga xayrli kech. "Paxtakor" har jabhada bizdan ustun kelib, g‘alabaga erishdi. Haqli g‘alaba bilan tabriklayman! Bunchalik yirik hisobda yutqazishimizni kutmagandim. Himoyada yaxshiroq va dadilroq o‘ynaymiz deb o‘ylagandim. Demak, qandaydir kamchiliklarga yo‘l qo‘yganmiz. Yigitlarga chiziqlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni saqlash va tezkorroq o‘ynash kerakligini tushuntirgandik.
- Jamoada hujum chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha transfer maqsad bormi?
- Ha, hujumdagi muammolarimizdan xavotirdaman, buni to‘liq ko‘rib, tahlil qilib chiqamiz. Kuchaytirish nafaqat hujumda, balki barcha pozitsiyalarda bo‘lishi lozim. Avgust boshida ochiladigan transfer oynasida bu bo‘yicha albatta, ish olib boramiz.
Manba: championat.asia
Dilyaver VaniyevPaxtakor Mash’alHujumdagi MuammolarTransfer MaqsadYirik HisobTezkorroq O‘ynash O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar