05:41 / 08.07.2020
3 302

Yaxshiboyevning transfer narxi keskin oshdi

Yaxshiboyevning transfer narxi keskin oshdi
Butun jahon futbolchilarining transfer summasini belgilaydigan Germaniyaning Transfermarkt resursi Belarus chempionati oliy ligasi vakillarining yangi transfer narxlarini e’lon qildi.

Pandemiya sharoitida jahon futbolida asosan futbolchilarning narxlarida tushish tendensiyasi kuzatilgan bo‘lsa-da, ayrim charm to‘p ustalarining bahosi o‘yiniga qarab ko‘tarilganini ko‘rish mumkin. Xususan, Belarus chempionati vakillari orasida 25 nafar o‘yinchining narxi oshgan.

“Energetik-BGU” futbolchisi Jasur Yaxshiboyevning transfer summasi ikki karra oshdi. Transfer huquqi “Paxtakor”ga tegishli bo‘lgan Jasur Belarus chempionatiga ijara asosida ko‘chib o‘tganida uning narxi 300 ming yevroga baholangan edi.

Yarim yil davomida legioner sifatida mahoratini namoyish etib kelayotgan hamyurtimizni transfer qilmoqchi bo‘lgan klublar bundan buyog‘iga “Paxtakor” bilan kamida 600 ming yevro taklif qilgan holda savdolashishi kerak bo‘ladi.

Jasur Yaxshiboyev yangi reytingga ko‘ra, “Energetik-BGU”ning eng qimmatbaho futbolchisiga aylandi. Albatta, uning o‘yini ham shunga yarasha bo‘lmoqda. Belarus chempionati boshlanganidan buyon musobaqaning eng kuchli futbolchilari reytingida birinchi o‘rindan tushgani yo‘q.

Bundan tashqari, Jasur Yaxshiboyev 14 ta uchrashuvda 9 ta gol urib, to‘purarlar bahcida ham yetakchilik qilmoqda. Ayni paytda o‘zbekistonlik legioner boshqa klublardan taklif ola boshladi.

“Energetik-BGU”dagi yana bir futbolchimiz Shahboz Umarov ham yangi chempionatga moslashib oldi. 21 yoshli futbolchimiz uzoq masofadan berilayotgan kuchli zarbalari bilan muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozonmoqda. Ayniqsa, uning chempionat peshqadami BATE darvozasiga 35 metrdan urgan goli ancha shov-shuv bo‘ldi.

Transfermarkt sayti e’lon qilgan ro‘yxatda Shahboz Umarovning transfer narxi o‘zgarishsiz qolgani ko‘rsatilgan. AGMKdan ijaraga olingan Umarovning transferi 150 ming yevroni tashkil qiladi. U joriy chempionatda 16 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urgan.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaxshiboyevning transfer narxi keskin oshdi