
Foto: FIFA
Futbol bo‘yicha 2022 yili Qatar maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionati taqvimi tasdiqlandi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Musobaqa 2022 yilning 21 noyabrida boshlanib, 18 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi.
Ochilish o‘yini 21 noyabr kuni 60 ming tomoshabinga mo‘ljallangan al-Haur shahridagi «Al-Bayt» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Guruh bosqichida kuniga to‘rtta o‘yin o‘tkaziladi (Toshkent vaqti bilan — 15:00, 18:00, 21:00 va 00:00) va guruh o‘yinlari 2 dekabrga qadar davom etadi. Ertasi kunidan esa 1/8 final bahslari boshlanadi va 6 dekabrga qadar davom etadi. 9—10 dekabrda chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tsa, 13—14 dekabrda yarim final bahslari o‘tkaziladi.
Final esa 18 dekabr kuni 80 ming sig‘imga ega «Lusail» o‘yingohida o‘tadi. Uchinchi o‘rin uchun bahs esa Dohadagi «Xalifa» stadionida (45 ming) bo‘lib o‘tadi.

Foto: FIFA
FutbolJahon ChempionatiQatar 2022Taqvim TasdiqlandiO'yinlar BoshlanadiFinal O'yini O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar