14:08 / 24.07.2020
2 819

Odil Ahmedov oldidagi uch variant. U qay birini tanlaydi?

Odil Ahmedov oldidagi uch variant. U qay birini tanlaydi?
O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov boy tajribaga ega futbolchi sifatida hamon o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ya oladi. Uning faoliyatiga nazar tashlasak, “Paxtakor” (102 ta o‘yin, 16 ta gol), “Anji” (86 ta o‘yin, 3 ta gol), “Krasnodar” (67 ta o‘yin, 5 ta gol) jamoalarida ham doim yuqori marralar uchun kurashgan.

2017 yilda o‘zbek futbolchilari uchun rekord summa – 7 million yevro evaziga “Shanxay SIPG” safiga ko‘chib o‘tgan Odil Ahmedov braziliyalik yulduzlar – Oskar va Xalk bilan birga bu jamoani Xitoy chempioniga aylantira oldi. Hozircha, Odil Chin yurtida 52 ta o‘yinda 7 ta gol urishga erishgan.

Joriy yil oxirida Odil Ahmedovning “Shanxay SIPG” bilan shartnomasi yakunlanadi. Hozirdan futbolchimiz yangi taklif ola boshladi. Xususan, Qatarning “Ad-Duxayl” jamoasi uning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.Qatarda transfer mavsumi avgustning boshidan ochiladi va kelasi oy "Ad-Duxayl" Odil Ahmedov bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborishi kutilmoqda.

Demak, ayni paytda Odil Ahmedovning oldida uchta variant turibdi. Birinchisi, Xitoy klubi bilan amaldagi hamkorlikni uzaytirish. Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga qaraganda, o‘zbekistonlik legionerning “Shanxay SIPG”dagi maoshi 5 million yevroni tashkil qiladi va Odil bu jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan.

Ikkinchi variant Qatar chempionatiga ko‘chib o‘tish. Bu transfer orqali Odil Ahmedov tobora yakuniy bosqichiga yaqinlashib borayotgan futbolchilik faoliyatida yangi sahifa ochishi mumkin. Bejizga, Yevropada to‘p surgan mashhur futbolchilar faoliyatining so‘nggi bosqichini arab mamlakatlari chempionatlarida o‘tkazmaydi-ku. Qolaversa, Odil O‘zbekiston terma jamoasidagi o‘yinlari orqali arab futboli bilan juda yaxshi tanish.

Uchinchi variant ham bor. Odil Ahmedov intervyularidan birida O‘zbekiston chempionatiga qaytish ehtimoli borligini ochiq aytgan. Ayniqsa, “Navbahor” muxlislari namanganlik yulduzni o‘z jamoasida ko‘rishni orzu qilishi hech kimga sir emas.

Ko‘ramiz, O‘zbekistonning bugungi kundagi eng mashhur futbolchisi qaysi yo‘lni tanlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov oldidagi uch variant. U qay birini tanlaydi?