22:06 / 25.07.2020
3 302

Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jang hakamlarsiz o‘tishi ma’lum qilindi

Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jang hakamlarsiz o‘tishi ma’lum qilindi
Foto: Twitter
Boks afsonalari Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi ko‘rgazmali jang qanday qoidalar asosida o‘tishi ma’lum bo‘ldi.
Kaliforniya shtati atletik komissiyasi (CSAC) rahbari Endi Foster jangning asosiy qoidalari bilan tanishtirdi.

«Ular biroz qimirlab, pul ishlab olishi mumkin, biroq ikkisiga ham aytib o‘tdim — agar jarohat bo‘lsa darhol jangni to‘xtatamiz.
Tayson va Jons bosh kiyimlarsiz jang qiladi. Ular 12 unsiyalik (340 gramm) qo‘lqoplardan foydalanadi. Jangda hakamlar bo‘lmaydi, shunday ekan texnik nokaut qayd etilmaydi. Jang nokaut bilan yoki qaysidir bokschi uni davom ettira olmay qolganda muddatidan avval tugaydi
», — deydi Foster.

Tayson va Jons o‘rtasidagi jang 12 sentabr kuni Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 8 raunddan iborat bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jang hakamlarsiz o‘tishi ma’lum qilindi