
Uni terma jamoamizga jalb etish imkoniyati bor. Ammo, u rozi bo‘larmikan?
“Gannover” klubi himoyachisi Valdemar Anton bundan-buyon “Shtutgart” sharafini himoya qiladi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, 24 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2024 yilning 30 iyuniga qadar imzolagan.
Ta’kidlash kerakki, “Shtutgart” yangi 2020/21 yilgi mavsumda Bundesligada ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Valdemar Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida tavallud topgan. U 2016 yil Rossiya terma jamoasida to‘p surish istagi borligini bildirgan edi. Ammo, keyinchalik Germaniya yoshlar terma jamoasida harakat qildi.
Valdemar o‘tgan mavsum 2-Bundesligada 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar