Foto: Twitter/@Ufafc
«Navbahor» klubi yarim himoyachisi Ivan Solovyov sobiq jamoadoshi, hozirda «Ufa» safida to‘p surayotgan Oston O‘runov haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«O‘runov bilan yarim yil birga o‘ynaganman. Oston — o‘zbekistonlik Halk. Uning mushaklari og‘irligi Xalkniki bilan deyarli teng. U — iqtidorli futbolchi. Agar «Spartak» uni uzatma oshirishga o‘rgata olsa, u top-futbolchi bo‘ladi.
Oston yaxshi tezlik va driblinga ega o‘yinchi. Asosiysi uni pas bilan o‘ynashga o‘rgatish. Agar u moslasha olsa va jamoaga o‘ynashni o‘rgansa — bu RPL yangi mavsumining kashfiyoti bo‘ladi.
Sizga kafolat beraman, u yangi Halk bo‘ladi. Ikkinchi Halk, faqat o‘zbekcha. Uning ilk turdagi jarima maydoni tashqarisidan urgan golini eslayman. O‘runov — haqiqiy mashina.
Ostonning rus tilisi? Xo‘sh, biz o‘zbekchada qanday gapira olsak, uning ruschasi ham shunday. O‘runov bizning tilni yaxshi biladi, biroq javob qaytara olmaydi — xuddi kuchukka o‘xshab, buni yaxshi ma’noda gapiryapman (kuladi).
Biroq Oston bundan hech ham xijolat bo‘lmaydi, u yaxshi yigit. Shunchaki u hamma so‘zlarni ham ayta olmaydi, ammo unga aytgan barcha gapingizni tushunadi.
Hechqisi yo‘q, «Spartak»da uni ichkilik olib kelishga jo‘natib, rus tilini tezda o‘rgatib qo‘yishadi. Hazil, Oston — haqiqiy professional va iymonli inson. Ichmaydi, chekmaydi, har xil qizlar bilan gaplashmaydi», — deydi Solovyov.
Avvalroq «Spartak» Oston O‘runov transferi borasida «Ufa» bilan kelishib olgani va futbolchi koronavirusdan xalos bo‘lishi bilan shartnoma rasmiylashtirilishi xabar qilingandi. Transfer 2 million yevroga baholangan. 19 yoshli futbolchi moskvaliklar safida yiliga 600 ming yevro maosh oladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi