
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Jessi Lingard «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi va uni basketbolchi Maykl Jordan bilan taqqosladi.
«Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida juda ko‘p narsaga erishdi. U ko‘plab klublarda bo‘lgan va bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Menimcha, u futbolning haqiqiy ramzi, u — futbolning Maykl Jordani.
Ronaldu «Manchester Yunayted»ga birinchi kelganida men 11 yoki 12 yoshda edim. Biz turli xil elementlar bilan mashqlar bajarardik, u bizga ko‘p narsalarni o‘rgatgan. O‘shanda men uni birinchi marta ko‘rgandim. Bu yerga kelganida u hali yosh va kuch-quvvatga to‘lmagan edi.
Men unga qarshi bir necha bor o‘ynaganman. U menga muammo tug‘dirdimi? Yo‘q, rostini aytsam, u unchalik yomon emasdi. Mavsum oldidan o‘tkazilgan o‘yinda, u maydonga tushib, darhol o‘z mahoratini namoyish etgandi», — deydi Lingard.
Lingard Angliya Premer Ligasining 2019/20 yilgi mavsumida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Avvalroq uning mavsumlar oralig‘ida klubni tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Ronaldu esa A Seriyada 32 uchrashuv o‘tkazib, 31 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar