12:00 / 30.07.2020
1 050

Jaloliddinov ijaraga beriladi, uning uchun "Lokomotiv" 200 ming yevro to‘lagan

Jaloliddinov ijaraga beriladi, uning uchun "Lokomotiv" 200 ming yevro to‘lagan
O‘zbekistonlik futbolchiga bosh murabbiy Nikolichga asosiy tarkibga munosibligini isbotlash uchun to‘liq bir hafta kerak bo‘ladi.
Metaratings nashriga yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, "Lokomotiv" yangi futbolchini tez orada boshqa klubga ijaraga berib yuboradi.

Uning transferi uchun "temiryo‘lchilar" 200 ming yevro sarflashgan. Biroq, agentlarga beriladigan summa sir tutilmoqda, bu esa "Lokomotiv" bosh direktori Kiknadze tufayli transferga Belousning aloqasi borligini taxmin qilish mumkin.

Demak, bu yerda yagona yo‘l qolmoqda. 18 yoshlik havbekni sobiq jamoasi "Bunyodkor"ga ijaraga berish yoki Yevropaning qaysidir mamlakati ikkinchi divizioniga o‘tkazish.

"Loko"da qolish uchun esa bir hafta davomida mashg‘ulotlarda o‘zini Nikolichga har tomonlama ko‘rsatishi lozim. Lekin, buning imkoniyati kam. Jaloliddinovdan kelajak uchun olishgan. Undan hoziroq nimadir kutish to‘g‘ri emas.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)