Britaniyada mingga yaqin mototsiklchi plyajda xavfli poygada qatnashdi (video)

Buyuk Britaniyaning Veston-super-Mer shahrida har yili o‘tkaziladigan mashhur plyaj motopoygasi bo‘lib o‘tdi. Unda mingga yaqin mototsiklchi qumli sohil bo‘ylab bellashdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Poyga ishtirokchilari uch soat davomida qumli trassa va baland qum tepaliklari bo‘ylab harakatlanib, g‘oliblik uchun kurashdi. Musobaqada tezlik bilan birga mahorat, chidamlilik va raqiblar orasidan xavfsiz o‘tish ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Poyganing eng hayajonli va xavfli jihatlaridan biri — ishtirokchilarning bir vaqtda start olishi. Dastlabki keskin burilish va toraygan yo‘lakda mototsiklchilar bir-biriga juda yaqin harakatlanadi. Qumga botib qolgan yoki yiqilgan ishtirokchilar esa ortidan kelayotgan poygachilarga xalaqit berishi mumkin.
1983 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan Weston Beach Race Buyuk Britaniyadagi yirik motosport tadbirlaridan biri hisoblanadi. Musobaqa har yili minglab tomoshabinlarni ham o‘ziga jalb qiladi.






























Izohlar 0
…