07:27 / 03.08.2020
2 381

Xorijlik ekspert: Hech qaysi himoyachi to‘p bilan yugurayotgan Yaxshiboyevga yetolmayapti!

Xorijlik ekspert: Hech qaysi himoyachi to‘p bilan yugurayotgan Yaxshiboyevga yetolmayapti!
O‘z vaqtida BATE, “Karpati” va “Chernomores” klublari va Belarus yoshlar terma jamoasini boshqargan Oleg Dulub o‘zbekistonlik legioner Jasur Yaxshiboyevning ustunliklari haqida gapirdi.

- Jasurbek Yaxshiboyevni ilgari bilmasdik. U chempionatimizga kometaday kirib keldi. “Shaxtyor”ga o‘tganidan keyin ham gol urishda davom etmoqda. Men u O‘zbekistonda futbolga bog‘liq bo‘lmagan masalalar sabab o‘zini ko‘rsata olmagan, deb o‘ylayman.

Jasur – o‘zgacha futbolchi, u to‘p bilan bizning aksariyat himoyachilarimizdan tez yuguradi. Bu aniq fakt. “Smolevichi” bilan bo‘lgan so‘nggi uchrashuvda ham Yaxshiboyev maydon markazidan boshlab, raqiblarini ortda qoldira boshladi. “Energetik-BGU”da o‘ynaganida ham shunday bo‘lgan. Ikkita markaziy himoyachi to‘p bilan yugurayotgan Jasurga yeta olmagan. Uning tezligi Belarus chempionati uchun o‘ta yuqori. Bunga qo‘shimcha tarzda Jasur chap oyoqda kuchli zarba berib, himoyachilarga noqulaylik tug‘dirmoqda
, - dedi Oleg Dulub.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xorijlik ekspert: Hech qaysi himoyachi to‘p bilan yugurayotgan Yaxshiboyevga yetolmayapti!