23:17 / 04.08.2020
2 693

Terma jamoa yig‘inini tark etgan 6 futbolchi kimlar?

Terma jamoa yig‘inini tark etgan 6 futbolchi kimlar?
Birinchi kungi mashg‘ulotdan olingan rasm
Bugun O‘FA matbuot xizmati 6 nafar futbolchidan koronavirus infeksiyasi aniqlangani bois terma jamoa yig‘inini tark etgan deb xabar berdi.

Bugungi mashg‘ulotlardan olingan rasmlarga e’tibor qilsak quyidagi futbolchilar yo‘qligini bilish mumkin: Botirali Ergashev ("Qo‘qon-1912"), Iskandar Shoyqulov ("So‘g‘diyona"), Quvondiq Ro‘ziyev ("Qo‘qon-1912"), Oybek Rustamov ("Qo‘qon-1912"), Islom Kenjaboyev ("Nasaf") va Ibrohimhalil Yo‘ldoshev ("Bunyodkor").

Bundan tashqari terma jamoaga chaqirilgan "Qo‘qon-1912" a’zosi Murod Xolmuhammedov yig‘inga umuman kelmagani ma’lum bo‘ldi. Bu borada rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)