Foto: Getty Images
«Everton» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yevropa Chempionlar Ligasi restartidan avval o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lish uchun nima kerak?
— O‘ylanmagan harakatlar, omad va jasorat. 2003 yilda («Milan» bilan — izoh «Daryo») biz chorak finalda «Ayaks»ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda gol urib, o‘yinni yutganmiz. Shuningdek, «Inter» bilan ikkita durang bo‘lgandi: 0:0 va 1:1. Jozef Konrad aytganidek, agar inson omadga ishonmasa, demak uning hayotiy tajribasi boy emas.
— Va, Pep Gvardiola aytganidek, Yevrokuboklarda himoyalangan jamoa mag‘lub bo‘ladi.
— Siz buni o‘ylab topdingiz, u hech qachon bunday demagan. Agar jamoa raqibidan kuchsiz bo‘lsa, himoyalanishga to‘g‘ri keladi. Pepda esa hech qachon bunaqasi bo‘lmagan.
Futbolda faqat bir yo‘l orqali doimo g‘alabaga erishib bo‘lmaydi. Albatta, to‘p qanday harakat qilishini oldindan bilib bo‘lmaydi.
— «Yuventus» uchun Chempionlar Ligasi miyaga o‘rnashib qolgan fikr bo‘lib qoldi. Ular g‘alaba qozona oladimi?
— Nafaqat miyaga o‘rnashib qolgan fikr, balki juda kuchli motivatsiya ham. Bular ajratib bo‘lmas narsalar. Klub Chempionlar Ligasiga jiddiy qaramoqda. O‘ylashimcha, jamoa finalga qadar yetib kela olsa, o‘zining maksimum kuchini ko‘rsatgan bo‘ladi. Qolgani esa xudoning qo‘lida.
«Sakkiz finalchi» tizimida hamma narsa bo‘lishi mumkinligi ularning ustunligiga aylanishi mumkin. Hammasi bitta o‘yinda hal bo‘ladi. Bir emas, bir nechta final ko‘ramiz, — deydi Anchelotti.
Italiyalik mutaxassis murabbiy sifatida uch marta Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan: ikki bor «Milan» (2002/03 va 2006/07 yilgi mavsum) hamda bir bor «Real» (2013/14) bilan. Undan tashqari Karlo futbolchi sifatida «Milan» bilan ikki bor (1988/89, 1989/90) Chempionlar Kubogida zafar quchgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...