2 695
Tayson Fyuri va Deontey Uaylder jangi g‘olibi kimga qarshi ringga ko‘tarilishi ma’lum bo‘ldi
Foto: The Athletic
Professional boksning og‘ir vazn toifasi bo‘yicha WBC chempioni Tayson Fyuri va sobiq chempion Deontey Uaylder o‘rtasidagi jang g‘olibi kamar himoyasi uchun bitta majburiy jang o‘tkazadi.
WBC mazkur bellashuvda chempionlikni qo‘lga kiritgan bokschiga Dillian Uayt bilan jang qilish majburiyatini qo‘ygan.
Agar 22 avgust kuni Uayt og‘ir vazn toifasining sobiq chempioni Aleksandr Povetkinga mag‘lub bo‘lsa, u holda rossiyalik bokschi majburiy da’vogarga aylanadi.
Fyuri va Uaylder o‘rtasidagi uchinchi jang iyun oyiga mo‘ljallangan edi, biroq koronavirus pandemiyasi sabab to‘qnashuv qoldirilgandi. Avvalroq mazkur jang 3 oktabrda bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur bokschilar o‘rtasidagi 2018 yilda o‘tkazilgan ilk jang durang bilan yakun topgan. 2020 yilning 22 fevralida bo‘lib o‘tgan ikkinchi to‘qnashuvda Fyuri amerikalik bokschini texnik nokautga uchratgan va Uaylderdan WBC chempionlik kamarini tortib olgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi