10:56 / 16.08.2020
4 306

"Paxtakor" Yevropa Chempionlar ligasida 8 ta gol urgan futbolchi bilan shartnoma imzoladi

"Paxtakor" Yevropa Chempionlar ligasida 8 ta gol urgan futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Ozarbayjonlik futbolchi Ana Alekperova endi "Paxtakor"ning ayollar jamoasi safida to‘p suradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

31 yoshli Alekperova yarim himoyada harakat qiladi. Hozirga qadar Litva, Polsha, Kolumbiya va Latviya mamlakatlari jamoalari safida o‘ynagan. Litvada "Gintra Universitetas" jamoasi tarkibida 9 karra chempionga aylanib, 2017 yil Boltiq ayollar ligasi g‘olibiga aylangan. Yevropa Chempionlar Ligasida 30 uchrashuvda 8 gol muallifiga aylangan. "Paxtakor" bilan avvalroq shartnoma imzolagan Ananing chempionatimizda ro‘yxatdan o‘tish ishlari yakunlandi va ayollar oliy ligasida maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, hozirgacha ayollar chempionatida 2-tur o‘yinlari o‘tkazilgan.

Ana ALЕKPЕROVA
Tug‘ilgan sanasi: 15.06.1989
O‘ynagan klublari: "Gintra Universitetas" (Litva) 2008-11, 2013-17, 2018
"Gornik Lechna" (Polsha) 2011-13
"Patriotas Boyasa Femenino" (Kolumbiya) 2018
"Dinamo Riga" (Latviya) 2019.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" Yevropa Chempionlar ligasida 8 ta gol urgan futbolchi bilan shartnoma imzoladi