Foto: Matchroom
Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (6-0, 5 KO) Toshkent vaqti bilan 16 avgust tongida 37 yoshli Erik Uokerga (20-3, 9 KO) qarshi ringga ko‘tarildi va raqibini ochkolar evaziga mag‘lub etdi. Isroil Madrimov to‘qnashuvdan so‘ng fikrlari bilan bo‘lishdi.
- "Jang shunday qiyin kechishi haqida o‘ylagandik. Shunday ham bo‘ldi. Ringdagi hakam bir nechta nokdaunlarni hisobga olmadi. Mendan nokautni o‘g‘irlashdi. Ushbu g‘alabamni yaqindagina tavallud ayyomini nishonlagan onamga bag‘ishlayman. Barcha muxlislarga rahmat. Hammangizni yaxshi ko‘raman va hurmat qilaman.
Ushbu jangga tayyorgarlik ko‘rish uchun atigi uch haftaga ega edim. Ha, jang o‘rtalarida charchab qoldim. Ammo oilam, vatanim, muxlislarim uchun o‘zimga kela oldim", - deydi Isroil Madrimov.
Isroil Madrimov Uokerga qarshi yakuniy eliminator jangidagi g‘alabasi orqali WBA Jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogarga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”