16:23 / 19.08.2020
2 206

Shota Arveladze: «Oxirgi bir yarim oy biz uchun dahshatli o‘tdi»

Shota Arveladze: «Oxirgi bir yarim oy biz uchun dahshatli o‘tdi»
Foto: «Paxtakor»
«Paxtakor» futbol klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze Coca-Cola Superliga 10-turi doirasida kechgan «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘yindan keyin (3:1) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Avvalambor, shifokorlarimizga katta rahmat aytmoqchiman. Oxirgi bir yarim oy biz uchun dahshatli o‘tdi, rahbariyatga ham rahmat. Ular virus bilan bog‘liq jiddiy muammolarimizga tezda chora ko‘rdi. Bu ochko to‘plash emas, bu sog‘liq, bu hayot. Barchani futbol qaytgani bilan tabriklayman. Birinchi o‘yinni o‘tkazdik. Albatta, tayyorlanish jarayoni qiyin o‘tdi, taxminan 17 kishi kasallangandi.

Kimdadir virusning yengil formasi, ayrimlarda bir oz og‘irroq formasi kuzatildi. G‘alaba bilan ham, kasallikni yengib o‘tgani bilan ham yigitlarni tabriklayman. Ular chiroyli o‘yin ko‘rsatdi va munosib g‘alabaga erishdi. Umid qilamanki, keyingi hayotimiz to‘xtab qolmaydi va barchasi yaxshi bo‘ladi. Nafaqat futbolchilar, ularning oilasi, barcha muxlislar sog‘ bo‘lsin.

Har 3 kunda vaziyatga qaraymiz. Kimdir o‘zini yaxshi his etmasa, bunga chora ko‘ramiz. Hozir hammasi yaxshi, bu o‘yinda beshta o‘zgarishga qo‘l urdik. Umid qilamizki, hammasi yaxshi bo‘ladi. Qatarga qanday holatda boramiz, hozircha noma’lum. Bizni oldinda «Nasaf», «Lokomotiv» va «Andijon»ga qarshi uchta qiyin o‘yin kutyapti.

Javohir Sidiqovning holati qanday? Uni barcha yoqtiradi. Sidiqov og‘ir jarohatidan 1,5-2 oy oldin tuzaldi va oxirigacha tiklandi. Hali uning vaqti keladi va o‘z darajasini ko‘rsatadi", - deydi Shota Arveladze.

«Paxtakor» mazkur g‘alabadan keyin ochkolarini 25 taga yetkazib olgan holda 1-o‘ringa qaytdi. Jamoa keyingi turni «Nasaf»ga qarshi o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: «Oxirgi bir yarim oy biz uchun dahshatli o‘tdi»