17:27 / 20.08.2020
5 712

“Yuventus” Ronalduni sotadi. Ilk xaridor ham ma’lum!

“Yuventus” Ronalduni sotadi. Ilk xaridor ham ma’lum!
“Yuventus” rahbariyati jamoa tarkibini yangilash jarayonida Krishtianu Ronalduni ham sotishga qaror qildi. Avvalroq, jamoadagi kelajagidan xavotir olgan Ronaldu bosh murabbiy Andrea Pirloga qo‘ng‘iroq qilgan va italiyalik mutaxassis portugaliyalik to‘purarga ishonch bildirishini aytgandi.

Vaziyatni kuzatib borayotgan ekspertlar Pirlo jamoani o‘ziga moslab shakllantirayotgani va bu loyihada Krishtianu Ronalduga joy yo‘qligini aytmoqda. Shu bois, Turin klubi eng qimmat maosh oladigan hujumchisini 54 million funt evaziga qo‘yib yuborishga tayyorligini ma’lum qildi.

Shuningdek, Ronalduning agenti Jorje Mendesh ham mijozi uchun yangi jamoa qidirishni boshlab yuborgan. Hozircha, portugaliyalik to‘purarga asosiy xaridor sifatida PSJ tilga olinmoqda. O‘tgan yili Ronalduning o‘zi ham PSJga o‘tish niyatidaligini bildirgan edi.

Krishtianu “Yuventus”ga o‘tganidan buyon A Seriyada 64 ta uchrashuvda 52 ta gol va 17 ta golli pasga mualliflik qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Yuventus” Ronalduni sotadi. Ilk xaridor ham ma’lum!