Soca Cola Superliga 11-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Mash’al” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida “lochinlar” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Avvalo “Mash’al”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Barakalla, yigitlar. Mazkur o‘yin ikki xil bo‘limdan iborat bo‘ldi. Birinchi bo‘limda shogirdlarim yaxshi o‘yin namoyish eta olishmadi. Ikkinchi 45 daqiqalikdagi o‘yin uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Yigitlar xavfli vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Hisobni tenglashtirishimiz kerak edi. Ammo biroz omadimiz kelmadi. Nimayam derdim, bu futbol.
Tashkilotchilarga rahmat aytaman. Oldingi tur bilan solishtirganda, bu safar yaxshiroq maydon va o‘yinni qulay vaqtga belgilab berishgani uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, bugun maydonga tushgan shogirdlarimga ham rahmat. Yigitlarga ikkinchi bo‘limdagi o‘yin uchun e’tirozim yo‘q. Birinchi bo‘limdagi o‘yinni esa tahlil qilamiz. Hayot davom etadi, endi keyingi turdagi AGMKga qarshi kechadigan bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz.
- Bugungi o‘yinda “Navbahor”ga g‘alaba qozonish uchun nima yetishmadi?
- Gollar yetishmadi. Albatta, tarkibimizda yo‘qotishlar mavjud. Bir qancha futbolchilarda kasallik simptomlari bor. Ammo tarkibimizda boshqa o‘yinchilar ham bor hamda ular ham maydonga tushib o‘ynashlari kerak. Afsuski, koronavirus bizniyam chetlab o‘tgani yo‘q.
Bugungi o‘yinni tahlil qilamiz, gaplashamiz. Ushbu uchrashuvda biz mag‘lubiyatga uchradik, raqib esa g‘alaba qozondi. “Mash’al”ni yana bir marta yutuq bilan tabriklayman.
- “Navbahor” murabbiylar shtabida ish boshlagan No‘’mon Hasanovning asosiy vazifasi nimalardan iborat bo‘ladi?
- No‘’mon Hasanov “Navbahor”da tashkiliy ishlar va mashg‘ulot jarayonida menga yordam beradi. Ayni paytda yordamchi murabbiy karantin tufayli Moskvadan kela olmayapti. Shu bois, No‘’mon Hasanov menga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?