10:35 / 24.08.2020
2 230

Andrey Kanchelskis "Mash’al"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

Andrey Kanchelskis "Mash’al"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Soca Cola Superliga 11-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Mash’al” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida “lochinlar” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Avvalo “Mash’al”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Barakalla, yigitlar. Mazkur o‘yin ikki xil bo‘limdan iborat bo‘ldi. Birinchi bo‘limda shogirdlarim yaxshi o‘yin namoyish eta olishmadi. Ikkinchi 45 daqiqalikdagi o‘yin uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Yigitlar xavfli vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Hisobni tenglashtirishimiz kerak edi. Ammo biroz omadimiz kelmadi. Nimayam derdim, bu futbol.

Tashkilotchilarga rahmat aytaman. Oldingi tur bilan solishtirganda, bu safar yaxshiroq maydon va o‘yinni qulay vaqtga belgilab berishgani uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, bugun maydonga tushgan shogirdlarimga ham rahmat. Yigitlarga ikkinchi bo‘limdagi o‘yin uchun e’tirozim yo‘q. Birinchi bo‘limdagi o‘yinni esa tahlil qilamiz. Hayot davom etadi, endi keyingi turdagi AGMKga qarshi kechadigan bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Bugungi o‘yinda “Navbahor”ga g‘alaba qozonish uchun nima yetishmadi?
- Gollar yetishmadi. Albatta, tarkibimizda yo‘qotishlar mavjud. Bir qancha futbolchilarda kasallik simptomlari bor. Ammo tarkibimizda boshqa o‘yinchilar ham bor hamda ular ham maydonga tushib o‘ynashlari kerak. Afsuski, koronavirus bizniyam chetlab o‘tgani yo‘q.

Bugungi o‘yinni tahlil qilamiz, gaplashamiz. Ushbu uchrashuvda biz mag‘lubiyatga uchradik, raqib esa g‘alaba qozondi. “Mash’al”ni yana bir marta yutuq bilan tabriklayman.

- “Navbahor” murabbiylar shtabida ish boshlagan No‘’mon Hasanovning asosiy vazifasi nimalardan iborat bo‘ladi?
- No‘’mon Hasanov “Navbahor”da tashkiliy ishlar va mashg‘ulot jarayonida menga yordam beradi. Ayni paytda yordamchi murabbiy karantin tufayli Moskvadan kela olmayapti. Shu bois, No‘’mon Hasanov menga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Kanchelskis "Mash’al"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?