“Yuventus” yangi bosh murabbiy Andrea Pirlo qo‘l ostida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Tarkibni yangilashga harakat qilayotgan murabbiy jamoa yetakchisi Krishtianu Ronaldu kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi.
Avvaliga Pirlo o‘zidan ancha mashhur bo‘lgan portugaliyalik hujumchini kelajak rejalariga kiritmagan va Ronalduning ketishi haqida xabarlar tarqatilgan edi. Keyinroq, italiyalik mutaxassis o‘z fikrini o‘zgartirdi va klub rahbariyatidan to‘purarni saqlab qolishni so‘ramoqda.
Pirlo yangi mavsumda Krishtianu Ronalduga maydonda erkin o‘yinchi rolini topshirmoqchi. Unga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi taktik sxemalardan qat’i nazar, vaziyatdan kelib chiqib, o‘zi istagan pozitsiyasida to‘p surishiga ruxsat beriladi.
Shuningdek, Pirlo Ronalduning hujumdagi sherigi Paulo Dibalani ham jamoada olib qolmoqchi. Lekin klub rahbariyati har ikki futbolchining yuqori maosh olishini inobatga olib, yaxshi taklif chiqsa, Dibalani sotib yuborishini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi