09:50 / 29.08.2020
1 119

Andrey Miklyayev «Lokomotiv» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Andrey Miklyayev «Lokomotiv» bosh murabbiyi etib tayinlandi
Foto: «Lokomotiv» FK
«Lokomotiv» murabbiylar shtabida yana o‘zgarish ro‘y berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Lokomotiv» bosh murabbiyi etib Andrey Miklyayev tayinlandi. Shuningdek, Temur Kapadze yordamchi murabbiy sifatida murabbiylar shtabidan joy oladi.

Miklyayev uchun «Lokomotiv» begona emas. Mutaxassis 2012—2018 yillar mobaynida jamoada ishlagan. 2016—2018 yillarda Miklyayev «temir yo‘lchilar»ga ustozlik qilgan.

Avvalroq «Lokomotiv» bosh murabbiyi Andrey Fyodrov iste’foga chiqarilgan va uning o‘rniga Dilshod Nuraliyev bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Nuraliyev qo‘l ostida jamoa «Paxtakor» (0:7) va «Nasaf» (0:4) jamoalariga yirik hisobda yutqazdi.

Poytaxtliklar klubi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Nuraliyev avvalgidek «Lokomotiv» U-21 jamoasini boshqarishda davom etadi.

Andrey Miklyayev Lokomotiv
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)