10:13 / 29.08.2020
2 779

No‘mon Hasanov: «Navbahor» futbolchilarida bir-biriga bo‘lgan hurmatning o‘zi yo‘q

No‘mon Hasanov: «Navbahor» futbolchilarida bir-biriga bo‘lgan hurmatning o‘zi yo‘q
Foto: PFL
«Navbahor» klubi yordamchi murabbiyi No‘mon Hasanov Coca-Cola Superliga 13-turi doirasida «Qo‘qon-1912»ga qarshi kechgan o‘yindan (0:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "O‘yinni ko‘rdinglar, nima desam bo‘ladi, OKMK bilan o‘yinimiz bilan solishtirganda bu bahsda umuman o‘ynay olmadik. To‘p oshirishlarda besh-olti marotaba to‘pga teginish ham qilganimiz yo‘q. Yigitlarni ham to‘g‘ri tushunaman, kasal bo‘ldi, jarohatlar oldi, har uch kunda o‘yinda ishtirok etmoqda. Lekin qanaqadir vijdon ham bo‘lishi kerak. Qarindosh-urug‘lar, do‘stlar qo‘ng‘iroq qilganida hadeb yutqazdik deyavermaydi-ku. Maydonda jonini berib to‘p tepish kerak, futbol bunaqa o‘ynalmaydi. To‘pni to‘g‘ri uzatib, hujumlar qilib degandek... Futbolchilarni bir-biriga hurmati yo‘q. Shu o‘zimizni futbolchilarmi? Ularni bir-biriga munosabati shunday bo‘lsa o‘yin hech qachon chiqmaydi. Mashg‘ulotlarda barchasini to‘g‘rilasa bo‘ladi. Birinchi galda futbolchilar o‘rtasidagi muomalani va hurmatni to‘g‘rilash lozim. Jamoa ahil bo‘lsa barchasi o‘xshaydi.

Bir kun avvalgi mashg‘ulotlarda 10 kishi ishtirok etdi. Ularni besh nafari zaxira futbolchilari. Ayrim futbolchilarimiz kasal edi. Shifokorlarimizga rahmat, qisqa vaqt ichida ularni davolashga harakat qildi. Mashg‘ulot o‘tkazmagan futbolchi hech qachon yugura olmaydi. O‘yinchilarni ham to‘g‘ri tushunaman, lekin to‘p bilan tuzukroq muomala qilib, ochilib to‘plarni uzatib o‘yin qilsa bo‘ladi. Qandaydir kuch ham yo‘qdek ko‘rindi. OKMKni o‘yinini ko‘ringlar qanday harakat qilmoqda. Har uch kunda o‘yin borligi sabab yetarlicha mashg‘ulot ham o‘tkaza olmaysiz. Ikkinchi davraning birinchi o‘yini bo‘lmish «Paxtakor» bilan uchrashuvdan keyin 10 kunga yaqin tanaffus bo‘ladi. Shu vaqtda nimadir qilsa bo‘ladi. Tarkibga qarasangiz zo‘r futbolchilar, lekin uzatma bera olmayapti.

«Paxtakor» bilan o‘yinga tayyorgarlik uchun vaqt kam. Faqat ruhiy jihatdan ko‘rsatmalar berishimiz mumkin. Har uch kunda o‘yin bo‘layotgani sabab mashg‘ulot ham yetarlicha bo‘lmayapti. 15 kunlik tanaffusda to‘p bilan qanday ishlash borasida ko‘rsatmalar berishimiz mumkin. Futbolchilar umuman to‘p bilan ishlamayapti. Ayrimlari terma jamoa a’zolari hisoblanadi. OKMK bilan o‘yinda ham nimadir o‘xshadi. Ammo, oxiriga kelib charchab qoldi
", - deydi «Navbahor» yordamchi murabbiyi No‘mon Hasanov.

«Navbahor» 13-turdan keyin 19 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi o‘yinni «Paxtakor»ga qarshi o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » No‘mon Hasanov: «Navbahor» futbolchilarida bir-biriga bo‘lgan hurmatning o‘zi yo‘q