11:21 / 30.08.2020
2 278

Oston O‘runovning debyuti o‘xshadimi? (foto)

Oston O‘runovning debyuti o‘xshadimi? (foto)
Rossiya premer-ligasining oltinchi turida Moskvaning “Spartak” klubi o‘z maydonida “Arsenal”ni qabul qildi. Ushbu uchrashuv ikki jihatdan ahamiyatli bo‘ldi. “Spartak” 2:1 hisobidagi irodali g‘alaba evaziga birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Ikkinchi jihati, ancha intiq kutilgan debyutni ko‘rdik. Oston O‘runov maydonga tushdi.

To‘g‘risi, murabbiylar shtabining Oston O‘runovga imkoniyat berishini taqdir taqozosi, deyish mumkin. Uning pozitsiyasiga o‘yinning 57-daqiqasida gollandiyalik Gus Til tushirilgan edi. Lekin oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan, futbolchi jiddiy jarohat oldi va uchrashuvni davom ettira olmadi. Murabbiylar vaziyatdan foydalanib, bahsda Ostonni sinab olish uchun o‘zbek futbolchisini 69-daqiqada o‘yinga qo‘shdi.

- O‘yin davomida asabiylashganim yo‘q. Debyutimdan o‘zimda yaxshi taassurot qoldi. Bosh murabbiy menga o‘z o‘yinimni namoyish etishimni, to‘pni olib, raqiblarni aldab, oldinga intilishimni tayinladi. Buni eplay oldimmi? To‘g‘risi, bilmadim. Jamoadoshlarim menga to‘p uzatmadi, degan hissiyotga borganim yo‘q, - dedi Oston O‘runov uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar bilan bo‘lgan muloqotda.

Jamoa bosh murabbiyi Domeniko Tedesko ham 19 yoshli o‘zbek legionerining o‘yinidan qoniqqanini aytdi.
- Oston jamoamizdagi faoliyatini yaxshi boshladi. Ozgina hayajoni sezildi. Muhim uchrashuvda, katta klubda, mahobatli stadiondagi birinchi o‘yinda shunday bo‘lishi tabiiy hol. Boshida bir-ikki marta to‘pni yo‘qotdi. Lekin keyin o‘zini o‘nglab oldi va yaxshi o‘ynadi. U yosh futbolchi, bizning o‘yin uslubimiz va taktikamizga moslashib olishi kerak. Biz unga albatta vaqt beramiz. Hech kim unga bosim o‘tkazmaydi. Birga ishlaymiz. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo‘ladi, - dedi Tedesko.

Jurnalistlar Oston O‘runovni “Spartak” jamoasiga taklif qilgan klub bosh direktori Shamil Gazizovning ham debyut bo‘yicha fikrini so‘radi.

- Oston boshida hayajonlandi. Keyin nimalarga qodirligidan bir qismini namoyish etdi, xolos. Yaqinda u muxlislar yoqimtoyiga aylanadi va o‘z o‘yini bilan ularni xursand qiladi, - dedi Shamil Gazizov.

O‘yin tahlili bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar ham O‘runovning debyuti muaffaqiyatli bo‘lganini ta’kidlamoqda. Uchrashuvda jami 25 daqiqa harakat qilgan hamyurtimiz maydonning raqib tomonida ishonchli harakat qildi, driblinglarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi va to‘p uzatishlarda biror marta xato qilmadi. U to‘pni o‘z jamoadoshlariga 15 marta oshirdi va ularning hammasi mo‘ljalga aniq yetib bordi. Mutaxassislar Oston o‘yin davomida bir marta raqibga yakkakurashda imkoniyatni boy berganini ham nazardan qochirmadi.

Umuman olganda, Oston O‘runovning debyutidan klub rahbariyati, bosh murabbiy, muxlislar va eng asosiysi o‘zining ko‘ngli to‘ldi. Buyog‘iga bundan-da, zo‘r o‘yinlarni kutib qolamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oston O‘runovning debyuti o‘xshadimi? (foto)