Foto: «Foot.life»
«Pari Sen-Jermen»ning koronavirusga test natijalari musbat chiqqan uch nafar futbolchisi orasida braziliyalik hujumchi Neymar ham bor. Bu haqda «AS» xabar berdi.
Parijliklarning tasdiqlashicha, jamoada uchta COVID-19 holati aniqlangan, lekin o‘yinchilarning nomlari e’lon qilinmayapti. «AS» ma’lumotiga ko‘ra, gap Neymar, argentinalik Anxel Di Mariya va Leandro Paredes haqida bormoqda.
Futbolchilar karantinga olingan. Katta ehtimol bilan Neymar Chempionlar ligasi finalidan so‘ng virusni yuqtirib olgan. PSJ Fransiya chempionati rahbariyatiga musobaqani 29 avgustdan 10 sentabrga ko‘chirishini so‘rab murojaat qilgandi. Bunga klubning 10 kun ichida uchta Yevropa kubogi o‘yinini o‘tkazgan o‘z futbolchilariga dam olish imkoniyatini berish xohishi sabab bo‘ldi. Shu bilan birga, Neymar, Di Mariya va Paredes imkoniyatdan foydalanib, dam olish uchun Ibitsaga borgan va u yerda, «AS» taxminiga ko‘ra, koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkin.
PSJ Chempionlar ligasi finalida Myunxenning «Bavariya» jamoasiga mag‘lub bo‘ldi. 10 sentabr kuni jamoa Fransiya chempionati doirasida «Lans»ga qarshi maydonga tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi