11:04 / 07.09.2020
2 424

Abdulmanap Nurmagomedovning ukasi murabbiyning ushalmagan orzusini ma’lum qildi

Abdulmanap Nurmagomedovning ukasi murabbiyning ushalmagan orzusini ma’lum qildi
Foto: «Chempionat»
Abdulmanap Nurmagomedovning ukasi Nurmagomed Nurmagomedov marhum akasining ushalmagan orzusi haqida gapirdi.
- "U qilishga ulgurmagan ishlarni men amalga oshirishga harakat qilaman. Akam yetisha olmagan yagona orzu bu — olimpiya chempionini yetishtira olmagani. U har doim shunday derdi: «Menda olimpiyachi yo‘q»

Afsus, taqdir unga olimpiya chempionini bermadi, biroq yaqin orada bizdan chiqqan olimpiyachilar ham paydo bo‘ladi deb o‘ylayman. Bu borada rejalarim bor.

Nasib qilsa, bir kun kelib shunday deyman: «Aka, olimpiya chempionini ham yetishtirdik». Shunga intilamiz, dastur bo‘yicha davom etamiz
", - deydi Nurmagomed Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi 3 iyulda koronavirus asoratlari natijasida vafot etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abdulmanap Nurmagomedovning ukasi murabbiyning ushalmagan orzusini ma’lum qildi