Bugun O‘zbekiston chempionati 16-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Paxtakor" (0:3)uchrashuvi o‘tkazildi. Bellashuvdan so‘ng mehmonlar ustozi Shota Arveladze o‘yin borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Bu yerda o‘ynash hamisha qiyin. Ular kimga qarshi qanday o‘ynash kerakligini, xalal berishni yaxshi bilishadi. Dastlabki 30 daqiqada raqib jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Keyin esa bo‘sh hududlar yuzaga keldi. Ikkinchi gol o‘yin taqdirini o‘zgartirib yubordi. Mezbonlar ikkinchi bo‘limda hujumga e’tibor qaratishdi.
Biz uchun g‘alabadan tashqari o‘yinni jarohatlarsiz tugatganimiz ham juda muhim. Oldinda bizni Chempionlar Ligasi bahslari kutmoqda.
Bizni yana qiyin uchrashuvlar va tig‘iz taqvim kutmoqda. O‘zimizning yaxshi taraflarimizni namoyish etishga urinamiz, - dedi Arveladze. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda