14:02 / 09.09.2020
2 564

Raqibini 1-raundda nokaut qilgan Botir Ahmedov: «Jangni hakamlar qarorigacha olib bormaslikka harakat qildim, ularga ishonchim qolmagan»

Raqibini 1-raundda nokaut qilgan Botir Ahmedov: «Jangni hakamlar qarorigacha olib bormaslikka harakat qildim, ularga ishonchim qolmagan»
Foto: Twitter / @BoxingJunkie
O‘zbekistonda tug‘ilgan bokschi Botir Ahmedov (8-1, 7 KO) filippinlik bokschi Rey Peresga (24-12, 8 KO) qarshi kechgan jangidagi g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Uzoq muddatli tanaffusdan keyin yana katta ringga qaytganimdan xursandman. Raqib juda tajribali edi, u mening janglarimni o‘rgangan va yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan. Bunday tanaffusdan keyin biroz ritmni yo‘qotgandim, biroq uni tutishim uchun bir daqiqa kifoya qildi. Jangning rejasi — iloji boricha ko‘proq raund jang qilish edi, ammo u bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa kechdi. Ilk daqiqalardan kuchli zarbalarimni mo‘ljalga aniq yo‘naltirdim, sababi mag‘lubiyatimdan keyin hakamlar guruhiga bo‘lgan ishonchimni yo‘qotganman. Jangni hakamlar qaroriga qadar olib bormaslik uchun, men o‘z salohiyatimni kuchaytirdim.

Amalga oshirilgan bu ish uchun jamoamga rahmat aytaman. Ular meni har kuni yanada kuchli qilib bormoqda, endigi maqsad — Jahon chempionligi. Hozirda Mario Barriosga qarshi revansh borasida muzokaralar ketyapti
», — deydi Ahmedov.

Eslatib o‘tamiz, Botir Rey Peresni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi. Ayni damda Ahmedov super yengil vazn (63,5 kg) toifasida WBA Regular kamari sohibi Mario Barriosga qarshi revansh borasida kelishuv imzolanishini kutmoqda.

Ma’lumot uchun, Ahmedov 1990 yil 20 dekabrda O‘zbekistonda tug‘ilgan. U 2010 yillarda Ukraina va Turkiya boks terma jamoalari sharafini himoya qilgan. 2017 yildan e’tiboran esa professional boksda faoliyat olib bormoqda. Bokschi uchta davlat — Rossiya, Ukraina, Turkiya fuqaroligiga ega.

Ahmedov 2016 yil Rioda o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida -64 kg vazn toifasida Turkiya nomidan qatnashgan va chorak final bahsida germaniyalik Artyom Arutyunyanga mag‘lub bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, ushbu vazn toifasida oltin medal finalda ozarbayjonlik Lorenso Sotomayorni mag‘lub etgan, o‘zbekistonlik Fazliddin G‘oibnazarovga nasib etgandi.

Ta’kidlash kerak, Botir Ahmedov harakat qilayotgan professional boksning super yengil vazn toifasida o‘zbekistonlik yana ikki bokschi bor. Bular — Shahram G‘iyosov va Shohjahon Ergashev. WBA reytingida ushbu bokschilar ketma-ketlikda joylashgan: Botir Ahmedov — 5-o‘rinda, Shahram G‘iyosov — 6-o‘rinda, Shohjahon Ergashev esa 7-pog‘onadan o‘rin olgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Raqibini 1-raundda nokaut qilgan Botir Ahmedov: «Jangni hakamlar qarorigacha olib bormaslikka harakat qildim, ularga ishonchim qolmagan»