Hasanboy Do‘smatov: «Professional boksda ham yuqori cho‘qqilarni zabt etish niyatidaman»

1 daqiqa o'qish2.6K
Hasanboy Do‘smatov: «Professional boksda ham yuqori cho‘qqilarni zabt etish niyatidaman»
2016 yilgi Olimpiada chempioni, 2019 yildan AQSHda professional boksdagi faoliyatini boshlagan Hasanboy Do‘smatov karantin sababli ayni paytda Andijonda bo‘lib turibdi. Kun.uz muxbiri bokschi bilan bog‘lanib, rejalari va ayni kunlarda nimalar bilan bandligiga qiziqdi.

«Mashg‘ulotlarni Andijon shahridagi 50-maktab sport zalida o‘tkazyapman. Shuningdek, jismoniy holatimni yanada yaxshilash maqsadida fitnes zalida shug‘ullanyapman. Tajribali murabbiylar Ziyoviddin Toyganboyev va O‘tkirbek Haydarov menga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, professional ringda bo‘ladigan janglarga puxta tayyorlanish bo‘yicha kerakli maslahatlarni berishmoqda», – deydi Hasanboy Do‘smatov.

Sportchi karantin sabab oilasi bag‘rida ekani, ta’tilni ikki yoshga yaqinlashayotgan o‘g‘li Muhammad Ali bilan ayniqsa maroqli o‘tkazayotganini ta’kidladi.

«Karantin talablari yumshatilib, xorijga yo‘llar ochilsa, Amerikaga jo‘nab ketaman. U yerda professional ringda o‘tadigan jangga ikki oycha tayyorgarlik ko‘raman. «Mir boksa» klubi safiga qo‘shilganman. Menga mohir murabbiylar Toni Joyl va Toni Dias ustozlik qilishadi. Ularning qo‘l ostida professional boksda ham yuqori cho‘qqilarni zabt etishga harakat qilaman», – deydi Hasanboy.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli bokschi professional ringda hozircha bitta jang o‘tkazgan. 2019 yil noyabrida Meksikada debyutini o‘tkazgan Do‘smatov mezbon bokschi Xesus Servantes Vilyanuevani 2-raundda polga qulatib, professional boksdagi faoliyatini nokaut bilan boshlagan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?