
Xitoy chempionati peshqadami “Shanxay SIPG” O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovni musobaqa autsayderi “Tyanszin Teda” jamoasiga ijaraga bergani ma’lum bo‘ldi.
Odil Ahmedov yangi jamoasi tarkibida 2020 yilning 31 dekabriga qadar o‘ynaydi. Aynan shu sanada 32 yoshli futbolchimizning “Shanxay SIPG” jamoasi bilan amaldagi shartnomasi o‘z yakuniga yetadi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga qaraganda, “Tyanszin Teda” o‘zbekistonlik legionerni ijaraga olish uchun “Shanxay SIPG” jamoasiga 62 ming yevro to‘lagan.
Odil Ahmedov Xitoy Chempionatida 2017 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. U shanxayliklar tarkibida jami 104 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 11 ta gol urgan.
Agar legionerimizga 2021 yil oldidan Xitoy jamoalaridan boshqa taklif bo‘lmasa, faoliyatini “Navbahor”da davom ettirishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar