Osiyo futbol Konfederatsiyasi Qatar Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Chempionlar ligasi (g‘arbiy mintaqa)da ishtirok etadigan jamoalarni Dohaga kelishlari bilan aeroportning o‘zida COVID-19 uchun test nazoratidan o‘tkazishdi. Unga ko‘ra, test javoblari chiqmagunga qadar hech kim mehmonxonadan tashqariga chiqmasligi kerak.
Bugun ana shu test natijalari shuni ko‘rsatdiki, Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasidan 5 nafar futbolchi va rahbariyatidan 1 nafar xodimning koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqan. Bundan tashqari, Qatarning "Al Duhayl" jamoasi futbolchisi (1 nafar)da ham virus aniqlangan.
Yuqoridagi har ikki klubga ham kerakli tibbiy yordam va xizmat ko‘rsatilmoqda. Test natijalari ijobiy chiqqanlar esa karantinga olingan va tibbiyot xodimlari nazoratidalar. Sababi, buni musobaqa uchun qabul qilingan COVID-19 xavfsizlik choralari va protokollari talab etadi.
Eslatib o‘tamiz, "Al Hilol" OCHLning "B" guruhida "Paxtakor" bilan birga joy olgan. 14 va 17 sentabr kunlari aynan ular o‘zaro o‘yin o‘tkazishlari kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda