
“Yuventus” – “Novara” o‘rtasidagi nazorat bahsidan so‘ng turinliklar ustozi Andrea Pirlo o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Har xil taktik sxemalarni sinab ko‘rmoqdamiz. Birinchi taymda to‘rtta himoyachi bilan o‘ynadik, hujum uyushtirilganda esa uchtaga aylanishi mumkin edi. 2-taymda esa doimiy ravishda uch himoyachi bilan o‘ynadik, ammo har xil rejalarni ham sinovdan o‘tkazdik.
Jamoa g‘ayratga to‘la, yigitlar yangi ish uslubiga ko‘nikib, zavq olishmoqda. Menga zudlik bilan hujumchi kerak. Biroq, transfer oynasi hali ancha muddat ochiq turadi, oktabrning boshigacha vaqtimiz bor. Ronalduda hammasi joyida, u buni bugun va Portugaliya termasidagi bahslarda ko‘rsatdi. U maydon bo‘ylab erkin harakat qildi”, deydi Pirlo. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar