18:48 / 14.09.2020
2 897

“Spartak”da bu ishni faqat O‘runov uddalaydi. Uni ko‘proq o‘ynating!

“Spartak”da bu ishni faqat O‘runov uddalaydi. Uni ko‘proq o‘ynating!
Rossiya premer-ligasining yettinchi turida SSKA futbolchilari musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan “Spartak” ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi. Ushbu alamli mag‘lubiyatdan so‘ng, “spartakchilar” peshqadamlik mavqeini boy berdi.

Ayni paytda mutaxassislar Rossiya futbolining asosiy derbisi hisoblangan mazkur uchrashuv tahlili, futbolchilarning imkoniyatlari, vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilmoqda. Biz uchun e’tiborlisi, bu jarayonda o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runovning nomi ham tez-tez tilga olinmoqda.

SSKAga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda Oston O‘runov 77-daqiqada Nail Umyarovning o‘rniga maydonga tushdi va “Spartak”dagi ikkinchi o‘yinini o‘tkazdi. “Spartak” bosh murabbiyi Domeniko Tedesko o‘yindan keyin jurnalistlarga bildirgan fikrlari davomida Oston O‘runov haqida ham gapirdi.

- “Spartak” transfer siyosati haqida ko‘p gapirilmoqda. Men aybdorlarni qidiradigan va noliydigan murabbiy emasman. Men qo‘l ostimdagi tarkibdan qoniqish hosil qilganman va yigitlarning bariga ishonaman. O‘runovni maydonga tushirganim Umyarovning charchagani bilan bog‘liq emas. Biz bu orqali jamoa hujumini kuchaytirdik. Oston tayanch zonada va hujumchi ortida o‘ynay olish qobiliyatiga ega. Aleksandr Kokorin va Adeksandr Sobolev ham hujumdagi imkoniyatlarimizni kengaytirish uchun o‘yinga tushirildi, - dedi Domeniko Tedesko.

Rossiya terma jamoasining yorqin yulduzi Andrey Arshavin ham o‘yinga munosabat bildirdi.
- Ikkinchi bo‘limda “Spartak”ning o‘yinchi almashtirishi ish bermagani ko‘p jihatdan futbolchilar o‘rtasida bo‘sh zonalar qolib ketgani bilan bog‘liq. SSKAning tayanch yarim himoyachilari va himoyachilari hujumchilarga to‘p yetib kelmasligini ta’minlay oldi. Tedesko Roman Zobninni o‘ng qanotda o‘ynatishi oqibatida u salohiyatini yo‘qotmoqda. Bunday vaziyatda eng oddiy yechim, markaziy himoyachilardan birining o‘rniga, uchinchi hujumchini tushirish edi. Oston O‘runov maydonga tushib, o‘z driblinglari bilan e’tiborni tortdi. Umuman olganda esa, SSKA ancha yengil o‘ynadi va munlsib g‘alabaga erishdi, - dedi Andrey Arshavin.

O‘z navbatida, o‘zining qiziqqonligi bilan ajralib turadigan “Spartak” muxlislari ham bu mag‘lubiyatni og‘ir qabul qilmoqda.
- Bu Tedesko va darvozabon Maksimenkoning mag‘lubiyati bo‘ldi. Bosh murabbiy jamoa futbolchilariga mustahkam himoyalanishni va hujumda raqib mudofaasini yorib o‘tishni o‘rgata olmayapti. “Spartak”da birga bir vaziyatda raqibni aldab o‘ta oladigan yagona futbolchi bor. Bu Oston O‘runov. Lekin nega Tedesko unga yetarlicha o‘yin vaqti bermayotgani tushunarsiz, - deb munosabat bildirmoqda “Spartak” fanatlaridan biri.

Ta’kidlash joizki, ko‘pchilik o‘z oldiga Rossiya chempionatida g‘olib chiqish va Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishni maqsad qilgan “Spartak”ning transfer siyosatini tanqid qilmoqda. Chunki, Tedesko hali hamon o‘tgan mavsumda 7-o‘rindan yuqoriga ko‘tara olmagan tarkibni o‘ynatishda davom etmoqda. “Spartak” mavsumlar orqalig‘ida faqatgina Oston O‘runovni transfer qildi va bunga 1,5 million yevro sarfladi. Qolaversa, o‘zbekistonlik legioner ham endi zaxiradan o‘yinga tushirilmoqda va qisqa vaqt ichida mahoratini ko‘rsata olmayapti.

Bundan tashqari, moskvaliklar tarkibiga erkin agent sifatida kelgan Aleksandr Kokorinning ham debyut o‘yini chiqmadi. “Spartak” muxlislari klub rahbariyatidan katta transferlarni kutmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Spartak”da bu ishni faqat O‘runov uddalaydi. Uni ko‘proq o‘ynating!