20:30 / 16.09.2020
2 249

Shota Arveladze: "Bizning yaxshi o‘yinlarimiz guruhdan chiqqanimizdan keyin ham davom etadi"

Shota Arveladze: "Bizning yaxshi o‘yinlarimiz guruhdan chiqqanimizdan keyin ham davom etadi"
Osiyo chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Al Hilol" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Shota Arveladze va Jaloliddin Masharipov ishtirok etishdi.

"Bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga harakat qildik. Ko‘proq dam olgan holatda, futbolchilarni sog‘ligini o‘ylab mashg‘ulotlarni olib bordik. Bugun yana bir mashg‘ulot o‘tkazamiz. Har uch kunda bo‘ladigan o‘yinlarda taqvim grafigi bir xil bo‘ladi. Tiklanishga va o‘yinga munosib hozirlik ko‘rishga e’tibor berdik",- deydi Shota Arveladze.

- Ertangi "Al Hilol" bilan o‘yinda g‘alaba qozonish uchun futbolchilar qanday motivatsiyaga ega?
Jaloliddin Masharipov: Birinchi bahsda qiziqarli o‘yin ko‘rsatdik deb o‘ylayman. "Al Hilol" bilan o‘tgan o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoadagi futbolchilarda o‘zlariga bo‘lgan kuch va ishonch ortdi. Ertaga ham qiziqarli o‘yin bo‘ladi deb o‘ylayman. Yigitlar uchrashuvga tayyor. "Al Hilol" ham yaxshi shakllangan jamoa ekanligi ma’lum, bejiz raqib musobaqaning amaldagi g‘olibi emas. Kichik xatolarni ustida ishlab ertangi o‘yinga yaxshi hozirlik ko‘rdik.

Shota Arveladze: - Bunday oralig‘i qisqa vaqtni tashkil qiladigan o‘yinlarda har doim bir tekis o‘yin ko‘rsata olmaysiz. Mana shunday sharoitda futbol o‘ynab nimadir o‘rganib xulosa chiqarish mumkin. Men yigitlarimga ishonaman, ular hujumkor futbol ko‘rsatib kerakli natijaga erisha olishadi. Umid qilamanki, bizning yaxshi o‘yinlarimiz qolgan uchta o‘yinda emas balki guruhdan chiqqanimizdan keyin ham davom etadi.

- Birinchi uchrashuvda o‘tkazib yuborilgan gollarga qanday izoh bera olasiz, jamoa hushyorlikni yo‘qotdimi?
- "Al Hilol"ga qarshi o‘yindagi birinchi gol hushyorlikni yo‘qotishdan tashqari jonli devorni o‘rnatishda xato bo‘ldi. O‘ng tarafda bo‘yi baland, chap tomonga qarab bo‘yi kichik futbolchilar qo‘yilishi kerak edi. O‘sha vaziyatda xato bo‘ldi. Natijada Sebastyan Jovinko jarima zarbasidan unumli foydalandi, bunday futbolchilar o‘yin taqdirini hal qilib keta oladi. Bu darajadagi futbolchilar bilan "Al Hilol" OCHLda g‘olib chiqdi, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Braziliya klubi bilan yaxshi o‘yin namoyish etdi. Xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqardik, o‘yinga tayyormiz.

- Raqibning qayci jihatlarini kuchli deb ayta olasiz?
- "Al Hilol"da jamoaviy o‘yin shakllangan. Himoyachilar, yarim himoyachilar hujumni boshqa tomonga yo‘naltira oladi. Hujumga birgalikda o‘tishga harakat qilishadi.

- "Paxtakor" O‘zbekiston chempionatida yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Mag‘lubiyatsiz seriya qayd etmoqda. Lekin, OCHLda jamoa hujumlarni yakunlashga qiynalmoqda...
Jaloliddin Masharipov: - O‘zbekiston chempionatini o‘ylamagan holatda asosiy e’tiborni OCHLga qaratdik. Oldimizga katta vazifalar qo‘yilgan. O‘tgan mavsumda ham OCHLda yaxshi o‘yin namoyish etgandik. Hozirgi tarkibdagi yigitlar bilan bu turnirda uzoqroqqa bora olishimiz mumkin. Avvalgi uchrashuvning birinchi bo‘limida ko‘p vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik. Agar gol urganimizda o‘yin boshqacha kechishi mumkin edi. Ertaga vaziyatlardan foydalanishga harakat qilamiz. Bunday o‘yinlarda bitta, ikkita gol hamma narsani hal qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Bizning yaxshi o‘yinlarimiz guruhdan chiqqanimizdan keyin ham davom etadi"